Nyu-York ma’muriyati "qotil instinkti" talab etiluvchi ish o‘rni e’lon qildi

Nyu-York hukumati shaharning kalamushlarga qarshi kurash xizmatiga rahbar qidirayotgani haqida rasmiy e’lon berdi. U "qotil instinkti"ga ega bo‘lishi kerak.

Merning operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari nomidan berilgan bayonotda, shuningdek, ochiq lavozimga ideal nomzod yuqori motivatsiya va “ma’lum darajada qonxo‘r” bo‘lishi kerakligi aytilgan.

"Kalamushlar bu vakansiyadan nafratlanadi. Ammo 8,8 million Nyu-yorkliklar va shahar rasmiylari ularning ko‘paymasligi uchun siz bilan ishlashga tayyor", deyilgan bayonatni nusxasini Wall Street Journal nashri keltiradi.

Gazeta ta’kidlaganidek, Nyu-Yorkdagi kalamushlarni yo‘q qiluvchi oldida "qahramonona vazifa" turibdi, chunki megapolisda kalamushlar soni 2 millionga chiqib ketgan.

Yuqoridagi talablarga qo‘shimcha ravishda, nomzod Nyu-York fuqarosi bo‘lishi va bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak. Taklif etilgan ish haqi yiliga 120 000 dan 170 000 dollargacha.