Politsiya ustiga antiseptik sepib olgan erkakni tasodifan yoqib yubordi
- 07.11.2021 21:47
- 119
- Xorij
Nyu-Yorkning Katskill shahrida politsiyaning elektroshoker qo‘llashi oqibatida bir kishi yonib ketdi, deb yozadi NBC News.
Qayd etilishicha, politsiya bo‘limiga kelgan, oldindan ustiga antiseptik sepib olgan 29 yoshli yigit huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan janjal qilgan. Huquqbuzarni tinchlantirish uchun politsiya xodimi elektroshokerdan foydalangan. Oqibatda yigit yona boshlagan va og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Politsiya boshlig‘i Darling bu birinchi bunday voqea emasligini ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, prokuratura tergov ishlarini boshlagan.
“Politsiya boshlig‘i vaziyatni “dahshatli” deb atadi va hozirda Grin tuman prokuraturasida tergov davom etayotganini aytdi”, deyiladi nashrda.
Darlingning qayd etishicha, uning zobitlarida yozish moslamalari yo‘q. Biroq ular tergovga uchastka kameralaridagi yozuvlarni tirkashgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa