Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Biz giyohvandlikka qarshimiz!

Tuman huquq-targ‘ibot idoralari xodimlari, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda giyohvandlikka qarshi kurashish qanchalik kuchayganiga qaramay, u bilan bog‘liq jinoyatlar, zahri qotilni iste’mol qilishga ruju qo‘yuvchilar uchrab turgani tilga olindi.

– Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olishning samarali usullaridan biri muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borishdir, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Norkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi a’zosi B.Ro‘zimurodov. - Chunki aksariyat yoshlar narkotik moddalarning inson salomatligiga zarari haqida tushunchaga ega emas. Bu esa bilmagan holda adashib giyohvandlik yo‘liga kirib qolishga sabab bo‘lmoqda.

Sirojiddin TAYLONOV.