Pilolliklar o‘quvchilarga tuhfa

Oqdaryo tumani Pilol qishlog‘idagi 7-umumta’lim maktabi jamoasi Yangi yil arafasida quruvchilardan ajoyib sovg‘a olishdi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025 yil 1-mavsumida faol ishtirok etgan Oytamg‘ali mahallasi ahli maktabga qo‘shimcha bino qurilishi g‘olib bo‘lgan edi. Tumandagi “Super MIX beton» MChJ quruvchilari tomonidan 1,5 milliard so‘m mablag‘ sarflab, 7-umumta’lim maktabi hududida 180 o‘rinli qo‘shimcha maktab binosining 8 ta o‘quv xonasi  bunyod etildi.

Shu paytgacha sinfxonalar yetishmasligi tufayli darslar ikki smenada o‘tilishi ham o‘qituvchilarga, ham o‘quvchilarga noqulaylik keltirilardi. Maktabning 57 nafar o‘qituvchisi 560 nafar o‘quvchiga bilim beradi. Ularning ota-onalari ham quruvchilardan minnatdor.

Yaratilgan bu qulayliklar davlatimizni ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish yo‘lida olib borilayotgan siyosatiga amaliy javob bo‘ldi.

Jamil MAJIDOV,

Oqdaryo tumani.