Raisga Yangi yil maktubi
Samarqandda Soliq qo‘mitasi tomonidan shu nomdagi aksiya o‘tkazildi.
Aksiyada soliq organlari xodimlarining 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirok etdi.
Yosh ijodkorlarni Soliq qo‘mitasi raisiga ushbu yil davomida qo‘lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlari, soliq xizmatida ishlovchi ota-onasining kasbini o‘zi qanday tushunishi va tasavvur qilishi, Yangi yilda qanday sovg‘a olishni orzu qilishi samimiy maktub yozishlari talab qilindi.
Soliq qo‘mitasi raisining tashabbusi bilan o‘tkazilgan loyiha doirasida viloyatimizda 21 nafar soliq xodimi farzandlari qo‘mita raisiga o‘zlarining samimiy maktublarini yo‘lladi.
Maktub mualliflariga sovg‘alarni Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i To‘rabek To‘rayev va viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Farrux Boboyev topshirdi.