Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bolgariyadagi xalqaro futbol musobaqasi g‘oliblarini Samarqand shahar hokimligi taqdirladi

Bolgariyaning Obzor va Byala shaharlarida o‘tkazilgan “Qora dengiz kubogi” xalqaro futbol musobaqasida g‘olib bo‘lgan Samarqand shahridagi “Umid” bolalar futbol klubi jamoasini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand shahri hokimi B.Obloqulov jamoa murabbiylari va futbolchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirdi.

Klub bosh murabbiyi Umid Xotamovning ta’kidlashicha, musobaqada samarqandlik yosh futbolchilar jamoasi 5 davlatdan kelgan tengdoshlariga qarshi to‘p surishgan va muvaffaqiyat qozongan.

Shuningdek, tadbirda Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida kattalar va yoshlar, imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida sportning armrestling turi bo‘yicha o‘tkazilgan XV Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan samarqandlik sportchilar ham taqdirlandi.