Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boshlang‘ich sinflarga dars o‘tilmaganligi sabab maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoq orqali “Dam olish kuni bo‘lmasa-da, maktab o‘quvchilariga dars o‘tilmadi” nomli Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumta’lim maktabidagi holat bo‘yicha ma’lumot tarqaldi.

Ushbu holatni Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi izohlab berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumta’lim maktabi direktori Sh.M. maktabda pedagogik kengash o‘tkazish maqsadida direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.N. orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga darsga kelmaslik bo‘yicha topshiriq beradi.

Oqibatda shu kuni maktabning 1-, 2-, 3- va 4-sinf o‘quvchilari dars mashg‘ulotlariga kelmaydi.

Holat yuzasidan 2020 yil 14 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, o‘quvchilarning haqiqatan darsga kelmaganligi va uning sabablariga aniqlik kiritilgan.

Hozirgi kunda 26-umumta’lim maktabi direktori Sh.M. o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi.