Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga Ramazon Hayitining ilk kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa. Demak, bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Bu degani, kechki soat 18:00 gacha ishlaydiganlar bemalol 17:00 da ishini yakunlashi mumkin.