MIB MChJdan xususiy tadbirkor foydasiga 2,1 mlrd. so‘mlik qarzdorlikni undirib berdi

Samarqand shahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “S.X.A” MChJdan undiruvchi "N.G.B" xususiy korxonasi foydasiga 2,1 mlrd. so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Byuroning Samarkand shaxar bo‘limi davlat ijrochisi Sardor Shakarovga ko‘ra, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro xarakatlari olib borilgandan so‘ng “S.X.A” MChJ tomonidan jami 2 milliard 125 million so‘m asosiy qarzdorlik va o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzdorlik uchun qo‘shimcha hisoblangan 39 million 859 ming ijro yig‘imini to‘liq to‘lab berilgan.