Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Dadam o‘yinchog‘imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Hozir uxlab yotibdi”

Oyim bilan Hayit bayrami arafasida Sirdaryo viloyatiga odamlarning holidan xabar olgani bordik. Shunda ajoyib bir voqea bo‘ldi, deb yozadi O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva.

“6-7 yoshlardagi bolakay bilan suhbatlashyapmiz. “Nima bo‘ldi o‘zi, nima qildinglar o‘sha payt?”, deb savolga tutdim.

“Ertalab vaqtli uyg‘onib ketdik. Qarasak, hamma yuguryapti, biz ham dadam bilan ko‘chaga yugurdik”, deydi. Shu payt jajji, shiringina singilchasi gapga qo‘shildi, deng. Nigina ekan ismi. “Mening oq ayiqcham bor-ku, o‘sha uyda qolgan ekan, – deydi ko‘zlarini katta-katta ochib. – Men uni cho‘kib ketdi deb o‘ylab, rosa xafa bo‘ldim. Keyin dadam yo‘q bo‘lib qoldilar. Qidirib-qidirib, o‘yinchog‘imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Hozir uxlab yotibdi”.

Juda ta’sirlanib ketdim. Tasavvur qilyapsizmi?! Odamlarning ko‘ziga hech nima ko‘rinmay, har tomonga o‘zini urgan bir paytda Niginaning dadasi farzandim o‘ksib qolmasin deb, ortiga qaytgan”.