Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dahshatli YTHda voqea joyidan yashiringan “BMW” haydovchisi qamoqqa olindi

9 yanvar kuni soat 23:17 da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida «BMW» hamda «Lacetti» rusumli avtomashinalar ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz bergani va «BMW» avtomobili haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan haqida xabar bergandik.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, «BMV» rusumli avtomobil haydovchisining shaxsi aniqlandi.

Avtomobil egasi K.M.ning o‘g‘li - 30 yoshli Nurbek T. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgi vaqtda u qo‘lga olindi. YTH vaqtida Nurbek T. spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan. Bu haqda narkologik ekspertizaning xulosasi bor. Qo‘lga olingan shaxsning yuzida YTH vaqtida yetgan va jiddiy bo‘lmagan tan shikastlari mavjud.

Sud Nurbek T.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi. Tergov davom etmoqda.