Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Daraxtlarga qoqilgan “reklama”larga qarshi kurash e’lon qilindi

Samarqand shahri ko‘chalarini sayr qilsangiz, daraxt, ustun va bekatlarga savodsizlarcha yozib ilingan reklamalarni ko‘rib, dilingiz xira bo‘ladi. Bu borada OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tanqidiy maqolalar e’lon qilindi.

Bu holatga qarshi shahar hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi keskin kurash boshladi. Bugun obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar ko‘chalaridagi daraxtlarga ilingan reklamalarga qarshi kurashish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etildi. Shu kunning o‘zida ishchi guruh tomonidan 100 ga yaqin noqonuniy o‘rnatilgan reklamalar olib tashlandi.

Agar siz yashayotgan mahalla yoki ko‘chada daraxt va ustunlarga ilingan reklamalarni ko‘rsangiz, doimiy faoliyat olib borayotgan ishchi guruhga quyidagi telefon raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Tel: + 998 98 573 25 20;  + 998 98 573 15 55

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.