Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dollar kursi 8700 so‘mdan oshdi

Markaziy bank 6 avgustdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda, dollarning rasmiy kursi 38.16 so‘mga oshib, 8704.87 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 26.79 so‘mga oshib, 9668,5 so‘mni tashkil etdi.

Rossiya rubli 2,78 so‘mga arzonlab, 133,85 so‘mga yetdi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.