Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyo bo‘yicha 785 910 nafar kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan

Canitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
31 mart soat 11:00 holatiga dunyoning 200 ga yaqin davlatida jami 785 910 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 165,659 nafari sog‘aygan, 37 826 nafari vafot etgan, 29 488 nafar bemorlar og‘ir ahvolda qolmoqda.

Oxirgi bir sutka davomida (30.03.2020) 61 404 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, 3 718 nafar bemorlar ushbu kasallikdan vafot etdi.
Kasallik ko‘p qayd etilgan davlatlar

AQSh:
Kasallanganlar – 163 844 (+20 353)
Sog‘ayib ketganlar – 5 506
Vafot etganlar – 3 156 (+573)
Og‘ir ahvoldagi bemorlar – 3 512

Italiya:
Kasallanganlar – 101 739 (+4 050)
Sog‘ayib ketganlar – 14 620
Vafot etganlar – 11 591 (+812)
Og‘ir ahvoldagi bemorlar – 3 981

Ispaniya:
Kasallanganlar – 87 956 (+7 846)
Sog‘ayib ketganlar – 16 780
Vafot etganlar – 7 716 (+913)
Og‘ir ahvoldagi bemorlar – 5 231

Xitoy:
Kasallanganlar – 81 439
Sog‘ayib ketganlar – 75 448
Vafot etganlar – 3 300
Og‘ir ahvoldagi bemorlar – 742

Germaniya:
Kasallanganlar – 66 885 (+4 450)
Sog‘ayib ketganlar – 13 500
Vafot etganlar – 645 (+104)
Og‘ir ahvoldagi bemorlar – 1 979

Qo‘shni respublikalarda:
Qozog‘iston: 302 (+18) nafar fuqarolar kasallangan.
Qirg‘iziston: 94 (+10) nafar fuqarolar kasallangan.
O‘zbekiston: 158 (+8) nafar fuqarolar kasallangan.