Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish necha yil? O‘zbekistonda-chi?

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ko‘rsatuvchi jihatlardan biri bu aholining o‘rtacha yashash darajasi hisoblanadi. O‘rtacha yashash darajasi dunyoda 71 yilni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 84,6, Andorrada 84,2, Isroilda 82,3, AQShda 79,8, Rossiyada 72,7, O‘zbekistonda 73,8, Tojikistonda 73,7, Turkmanistonda 70,4 yilni tashkil qiladi.

O‘zbekiston bu ko‘rsatgich bo‘yicha O‘rta Osiyoda yetakchilik qilmoqda.