Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yevropada har 17 soniyada bir kishi koronavirusdan vafot etmoqda

Yevropa mintaqasida har 17 soniyada bir kishi, har kuni o‘rtacha 4,5 ming kishi koronavirusdan vafot etmoqda. Bu haqda 24 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Xans Klyuge onlayn brifingda ma’lum qildi.

“Yevropa mintaqasida har 17 soniyada COVID-19 dan bir kishi vafot etmoqda. Biz har safar koronavirus bilan bog‘liq noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishini to‘xtatish tavsiyalariga amal qilganimizda, insonlarni COVID-19 oqibatida halok bo‘lishining oldini olgan bo‘lamiz. Ayni vaqtda Yevropada har kuni o‘rtacha 4,5 ming odam halok bo‘lmoqda. Agar astoydil harakat qilsak, umumiy karantin joriy etilishining oldini olish mumkin”, deb ta’kidladi Klyuge.

Shu bilan birga, u “himoya niqoblarini taqish to‘liq himoya emas”, ammo ular infeksiya tarqalishiga qarshi kurashda o‘ta muhim ahamiyatga ega va ular boshqa choralar bilan birgalikda ishlatilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.