O‘rta koridor orqali Yevropaga O‘zbekistonning birinchi konteyner poyezdi yuborildi
- 19.12.2022 15:39
- 85
- O‘zbekiston
"O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ yangi temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha Yevropaga yuklarni yetkazib berishni boshladi.
Qayd etilishicha, 16 dekabr kuni "OKMK" AJ yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborildi.
Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan tashkil topgan. Konteyner poyezdi "O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/ Yevropa" yo‘nalishi bo‘ylab 4000 km.dan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Ushbu poyezd xorijiy hamkorlar Turkmanistondan - "TLST" OAJ, Ozarbayjondan - ADY Container LLC va Gruziyadan - GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.