Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Forel baliqlari Bulung‘urda yetishtiriladi

Forel baliqlari bugungi kunda dunyoda eng ko‘p iste’mol qilinayotgan, xaridorbop va eksportbop baliq turi sanaladi.

Joriy yilda Samarqand viloyati bo‘yicha 30 ming tonna baliq yetishtirish, 45 milliard 445 million so‘mlik 30 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 3 ta loyiha ishga tushirilishi evaziga 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 

Jumladan, Bulung‘ur tumanidagi “Bulung‘ur feniks servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Ispaniyaning “Nikami” firmasi bilan xamkorlikda forel baliqlari yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda. 30 milliard 240 million so‘mlik ushbu loyiha to‘la quvvat bilan ish boshlagach, 10 ta yangi ish o‘rni yaratiladi va eksportbop mahsulot ishlab chiqariladi.

Ma’lumot o‘rnida: viloyatda 458 ta baliqchilik xo‘jaligi bor va ularga 8 ming 972 gektar maydon ajratilgan. Shundan 7 ming 479 gektari tabiiy va 1 ming 493 gektari sun’iy suv havzalarida joylashgan.

Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi axborot xizmati.