Kattaqo‘rg‘onda noqonuniy baliq ovlagan shaxs 20 million so‘m jarimaga tortildi
- 28.04.2022 17:20
- 265
- Samarqand
Kattaqo‘rg‘on tumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida Kattaqo‘rg‘on Suv ombori hududida noqonuniy baliq ovlash va brokanerlikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on tumani “Bunyodkor” MFY yashovchi fuqaro N.S tomonidan noqonuniy ravishda 110 dona tovon balig‘ini ovlayotgani aniqlangan.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga ko‘ra, ovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 350 ming so‘m va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 17 million 820 ming so‘m jarima hisoblangan.