Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

FVV: Tomskdagi yong‘inda 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularning shaxsi aniqlanmoqda

Xabaringiz bor, avvalroq, 21 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05 da Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblasti, Asino rayoni, Prichulmsk aholi yashash punkti, Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli, yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi FVV ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, yog‘in natijasida uyning 208 kvadrat metr maydonida, tom va shift qismi yonib qulagan. Birlamchi ma’lumotga asosan ushbu xonadonda 12 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashaganliklari ma’lum bo‘ldi. Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va 2 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib javob berilgan. Ular OOO “Grinvud” yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lishgan.

Vafot etgan fuqarolar Tomsk oblasti Asino shahridagi shifoxona morgida saqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.