Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gulistondagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash markazidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Bugun, 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, kislorod ballonida salbiy holat yuzaga kelgan, biroq yong‘in kelib chiqmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimi, viloyat prokurori, davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliq va xodimlari yetib kelib, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergovchi va boshqa tezkor xodimlaridan iboratfavqulodda holatlar bo‘yicha shtab, tezkor-tergov va axborot-tahlil guruhlari tuzilgan. Hamkor tashkilotlarning tezkor-qidiruv va qutqaruv kuchlari to‘liq jalb qilinib, salbiy holat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

«Salbiy holat oqibatida majmuada kislorod stansiyasiga xizmat ko‘rsatgan 1 nafar fuqaro D.M. tan jarohati olib, respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilib, kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda, salbiy holat oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Majmuadagi bemorlar respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali, viloyat va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga to‘liq joylashtirilishi ta’minlangan. Majmua va uning atrofida joylashgan binolarga moddiy zarar yetgan (bino buzilishi va yirik talofatlar mavjud emas).

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi viloyat IIB xabarida.