Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Harbiylar ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil etdi

Samarqand harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi bazasida Mudofaa vazirligi harbiy harakatlar muassasa boshliqlarining o‘rinbosarlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in tashkil etildi.

Ushbu yig‘in davomida ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida Mudofaa vazirligi Harbiy harakatlar boshqarmasi va Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati mas’ul ofitserlari tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shuningdek, yig‘in ishtirokchilari tomonidan yil davomida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘in so‘ngida ishtirokchilar Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.