Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim yoshlarni doim qo‘llaydi

Urgut tumani hokimi M.Turdiyev tuman yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvida buni alohida ta’kidladi.

Tuman xalq qabulxonasi mudiri A.Xudoyberdiyev hamrohligida o‘tkazilgan uchrashuvda hokim yoshlarni doim o‘z ustida ishlash, iqtidorlarini namoyon etishi, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishda tinmay harakat qilishga undadi. Ana shunday harakatda bo‘lib, qator yutuqlarga erishgan o‘g‘il-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirdi.

Yoshlar rahbarlarga taklif va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.