Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichib mashina boshqarganlar 15 yilgacha qamaladi

Spirtli ichimlik ichib mashina boshqarib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan haydovchilar, agar shu YTHda qurbonlar bo‘lsa 15 yilgacha qamaladi. Rossiya Davlat Dumasi yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarida spirtli ichimlik ichib mashina boshqarishga qo‘llaniladigan jazoni keskin oshirayapti.

Rossiyada, spirtli ichimlik ichib mashina boshqarishga qarshi kurash yangi bosqichga kirayapti. Davlat Dumasi spirtli ichimlik ichib mashina boshqarishga qo‘llanilayotgan jazolarning keskin oshirilishini nazarda tutadigan qonun loyihasini ilk o‘qishdayoq ko‘pchilik deputatlarning yoqlab ovoz berishlari ortidan qabul qildi.

Yangi qonunga ko‘ra, mast haydovchi tomonidan sodir etilgan YTH tufayli kimdir jarohat olsa o‘sha haydovchiga 3 yildan 7 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi qo‘llaniladi. Eski qonunda bu qoidabuzarlik uchun 4 yil qamoq jazosi berish nazarda tutilgan edi.

Agar, mast haydovchi tomonidan sodir etilgan YTH 1 kishining o‘limiga sabab bo‘lsa, o‘sha haydovchi 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi oladi. Eski qonunda bu ish uchun 2 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi berish nazarda tutilgan edi.

Agar, mast haydovchi sodir etgan YTH  2 va undan oshiq odamning halok bo‘lishiga sabab bo‘lsa, o‘sha haydovchi 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi oladi. Eski qonunda bu ish uchun 4 yildan 9 yilgacha qamoq jazosi berish nazarda tutilgan edi.

Yangi qonunga ko‘ra, har qanday spirtli ichimlik ichib mashina boshqarib, YTH sodir etib kimnidir halok bo‘lishiga sabab bo‘lish bu "o‘ylab amalga oshirilgan qotillik" deb baholanadi.

Davlat Dumasida ushbu qonun muhokama qilinayotganda RLDP rahbari Jirinovskiy spirtli ichimlik ichib YTH sodir etgan har qanday haydovchining, xoh u kimnidir o‘limiga sabab bo‘lsin, xoh sabab bo‘lmasin mashinasini ham musodara qilish taklifini berdi. Ammo, bu taklif deputatlar tomonidan qo‘llanilmadi.