Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IHT Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasi delegatsiyasi Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan ayni kunlarda Toshkent shahrida Islom Hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining oltinchi seminari bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Xalqaro anjuman IHTning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.

Forum ishtirokchilari Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, u zotning nomi bilan ataluvchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.