Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan 150 ta murojaat ijobiy hal etildi

Ayni paytda kecha bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov saylov jarayonlarida aniqlangan kamchiliklar va qayd etilgan holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Veb-saytga kelib tushgan 300 tadan ortiq murojaatlar qisqa muddatlarda ko‘rib chiqildi va hal etildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan murojaatlarning 150 tasi ham ijobiy hal etildi. Ushbu murojaatlar bo‘yicha saylovchini boshqa saylov uchastkasidan olib o‘z uchastkasiga biriktirish kabi ishlar amalga oshirildi.