Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixon tumanidagi svetoforlar qachon bardavom ishlaydi?!

Bugungi kunda yo‘llardagi tirbandliklarni hisobga oladigan bo‘lsak, tumandagi svetoforlarning muntazam ishlamasligi harakat qatnashchilariga jiddiy va xavfli noqulayliklar keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas. Bu borada ayrim mutasaddi tashkilotlarning befarqligi esa haqli e’tirozlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu kabi e’tirozlarga sabab bo‘layotgan chorrahalardan biri Ishtixon tuman markaziy yo‘li va Quruvchilar ko‘chasi kesishgan chorraha hisoblanadi.

Bundan avval “Shabko‘r svetoforlar” sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi, deb yozmoqda “Ishtixon ovozi” gazetasi. Ammo, bu tanqidning ta’siri mutlaqo sezilmadi. Shahar markazidagi chorrahada o‘rnatilgan svetofor chiroqlarining hanuz biri yonsa, ikkinchisi yonmaydi, ta’mirtalab. Shahardagi markaziy yo‘lda ahvol shunday ekan, ichki yo‘llardagi qatnovni qanday tartibga keltirish mumkin?