Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Istirohat bog‘lari mavsumga shaymi?

Samarqand shahridagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida tuman va shahar madaniyat bo‘limlariga qarashli  istirohat bog‘lari rahbarlari va muhandislar ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda yuridik  va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan o‘yin qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy  ko‘nikmalarni shakllantirish, 2019 yil mavsumida istirohat bog‘larida mavjud o‘yin qurilmalari (attraksionlar)ni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ularda dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha masalalar muhokama etildi.

- Istirohat bog‘ida joylashgan har bir attraksion “Elektrta’mir” MChJ tomonidan laboratoriya sinovidan o‘tkaziladi, - deydi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Samarqand hududiy boshqarmasi mutaxassisi Faxriddin Bobonazarov. – Shuningdek, “Exo ugol servis” MChJ o‘yin qurilmalari metall qismlari mustahkamligi to‘g‘risida o‘z xulosasini bergach, ularning sozligi bo‘yicha boshqarmamiz tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Istirohat bog‘laridan har bir attraksionlar har kuni injener tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan so‘ng undan foydalanishga ruxsat beriladi.

Seminarlarda bu yilga mavsumga dam oluvchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida istirohat bog‘i rahbarlarning taklif va mulohazalari tinglandi.