Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jigarning yog‘ bosishini to‘xtatish mumkin

Britaniyalik bir guruh olimlar AQShlik hamkasblari va niderlandlar yordamida to‘qimalarning qarishi, jigar yog‘ bosishining oldini olish uchun dorishunoslik hamda irsiy tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Ikki usul ham ijobiy natija berdi.

- Biz qariganimizda hujayralar zararlanib boradi, - deydi tadqiqotchilar guruhi rahbari Diana Jurj. – Eski hujayralar zaiflashishi natijasida ortiqcha yog‘ni to‘play boshlaydi. Yashab bo‘lgan hujaylarani yo‘qotish orqali ular faoliyatini tiklash ustida ish olib boryapmiz. Bu keksalikka qarshi kurashda yangi ufqlar ochishi mumkin.

«Mir novostey» (2020 yil, 35-son) asosida T.MUROD tayyorladi.