Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Murotov Nodir Xo‘jamqulovich Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mazkur lavozim shu kungacha vakant bo‘lgan.

Nodir Murotov Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega.

N.Murotov mehnat faoliyatini Boyovut tumanidagi “Murod” fermer xo‘jaligida ish yurituvchi lavozimidan boshlab, Respublika ta’lim markazi hamda Xalq ta’limi vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlarini tartibga solish va Monitoring boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.