Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboy tumani xalq ta’limi bo‘limiga rahbar tayinlandi

Jomboy tumani xalq ta’limi bo‘limining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Xalq ta’limi vaziri buyrug‘iga ko‘ra, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Meliyev Abduhalim Xurramovich tayinlangani bildirildi.

Shu paytgacha ushbu vazifani bajarib turgan G‘.Murodov bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Mamarasulov qatnashdi.