Kelgusi hafta havo harorati pasayib, yurtimiz bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" xabar berishicha, 18-19 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida va boshqa shaharlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

20 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21 noyabr kuni — yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, 20-21 noyabr kunlari shamol tezligi 15-20 m/s kuchayishi mumkin.

Havo temperaturasi 18-19 noyabr kunlari 0...+5° darajani tashkil etadi, kunduzi — +10...+15 daraja iliq bo‘ladi;

20 noyabr kuni kechasi +3...+8 daraja, kunduzi — +10...+15 daraja iliq bo‘ladi;

21 noyabr kuni kunduzi va kechasi havo temperaturasi +3...+8 daraja bo‘ladi.