Kooperatsiya aloqalari o‘rnatish korxonaga foyda keltiradi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning hududda mahalliylashtirish hamda korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini samarali o‘rnatishni tashkil etishga qaratilgan topshirig‘iga asosan shu yil 8 iyun kuni viloyatimizda faoliyat yuritayotgan «SamAuto», «UzAuto Trailer» «UzTruck and Bus Motors” qo‘shma korxonalari mutaxassislari ishtirokida tadbirlar tashkil etiladi.

O‘zaro hamkorlik, xizmatlar va mahsulotlar taqdimoti, muzokaralarga kirishish asosida o‘tkazilishi mo‘ljallangan tadbir dastlab soat 10:00 da Samarqand tumanidagi "Azia Metall Prof" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib o‘tadi. Shunday tadbir soat 15:00 da «Urgut erkin iqtisodiy zonasi»da tashkil etiladi.

Ushbu tadbirlarda avtomobilsozlik korxonalarining kooperatsiya asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish takliflari, butlovchi buyumlar va qo‘shimcha ehtiyot qismlar ishlab chiqarish imkoniyatlari, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari namoyish etiladi.

Nufuzli avtomobilsozlik korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, bu korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatmoqchi,  butlovchi qismlar tayyorlash bilan faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan korxona rahbar va mutaxassislari karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishi so‘raladi.