Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusdan davolanayotgan 562 bemordan 6 nafarining ahvoli og‘ir

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 2453 nafarga yetdi. Bemorlarni davolashda samaradorlik kuzatilyapti. 10 may kuni 35 fuqaro to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Shu tariqa 1881 nafar, ya’ni 78 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 562 bemordan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Koronavirus infeksiyasi qo‘shni mamlakatlarda ham saqlanib turibdi. Xususan, Qozog‘istonda 5090, Qirg‘izistonda 1002, Tojikistonda 612 fuqaro ushbu kasallikka chalingan.