Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘z uchishining 6 sababi

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz: nima sababdan ko‘z lipillaydi? Hammasi asabdan, deydi shifokorlar va ularning gapida jon bor. Shunday bo‘lsa-da, ko‘z uchishining boshqa sabablari ham yo‘q emas.

Ko‘z toliqishi. Kompyuterda ishlash, xona yorug‘ligi yetarli darajada bo‘lmagan sharoitda kitob o‘qish ko‘z mushaklarini charchatadi. Natijada spazm yuz beradi.

To‘yib uxlamaslik. Bu holatda organizmning umumiy toliqishi kuchli stressni yuzaga keltiradi.

Nevroz. Kishi xatti-harakatlarini nazorat qila olmaganida beixtiyor nerv tolalari tortiladi.

Kofein, spirtli va gazlangan ichimliklar. Bilasiz, har bir organizm individual tuzilgan. Shunga ko‘ra, oshqozon – ichak tizimi iste’mol qilinayotgan mahsulotlarga reaksiya berishi mumkin.

Immunitet zaiflashuvi. Infeksion xastaliklardan so‘ng immun tizimi sustlashadi. Bu esa organizmda umumiy stressni keltirib chiqaradi.

Vitamin yetishmovchiligi. Organizm ma’lum guruh darmondorilariga ehtiyoj sezsa, ko‘z uchishi kelib chiqadi.