Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kumushkentliklar mahallasiga rais sayladi

Bugun 1 may kuni Oqdaryo tumanidagi Kumushkent MFYga yangi rais- oqsoqol saylovi bo‘lib o‘tdi.

Oqsoqollikka uchta nomzod qo‘yilgan bo‘lib, kumushkentliklar ular orasidan munosib rais saylashdi.

Saylovda Zulfiya Berdimurodova, Mardonqul Islomov va hozircha raislik qilib turgan Husan Uralovlarning nomzodlari qo‘yildi.

Kumushkent MFYda 4787 aholi istiqomat qiladi. Ulardan 18 yoshdan oshganlar soni 2245 nafarni tashkil etadi. Shundan saylash huquqiga ega vakillar soni 269 nafar.

Ishchi guruh raisi Rustam Xudoyberdiyev boshchiligidagi saylov tumandagi 32-umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

Mahalla rais (oqsoqol)i nomzodi uchun yashirin yo‘l bilan ovoz berildi.

Saylovda ro‘yxatga olingan 306 nafar vakildan 286 nafari ishtirok etdi. 11 ta saylov byulleteni buzilgan deb topildi. Saylovda ishtirok etgan nomzodlardan Z.Berdimurodova 22 ta ovoz, M.Islomov 32 ta ovoz, Husan Uralov esa 221 ta ovoz to‘pladi.  Shunday qilib, H.Uralov navbatdagi uch yillik muddatga Kumushkent MFYga yangi rais etib saylandi.