Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to‘g‘risida Internet tarmog‘ida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bayonoti e’lon qilingan edi.

Bayonotda fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, qaytish istagidagilarni O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan edi.

Bugun, 11 yanvar kuni tongda qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ikki nafari Riga shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib keldi va ular yashash joyiga kuzatib qo‘yildi.

Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.