Futbol: U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston olimpiyachilari Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Yana sanoqli daqiqalardan keyin, aniqrog‘i, soat 19:00 da Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finali doirasida Saudiya Arabistoniga o‘yinga kirishadi.

Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni iordaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam sifatida Ahmad Faysal Muhammad Alali ishlasa, unga qanotlarda Ahmad Mansur va Ahmad Muhammad yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz: Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da "Khalifa International" stadionida start oladi va o‘yinni "Sport" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.