Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloq tuman axborot kutubxona markaziga 100 million so‘mlik vaucher taqdim etildi

Shu kunlarda viloyatimizda IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida turli tadbirlar bo‘lib o‘tyapti.

Shunday tadbirlarning biri Alisher Navoiy nomidagi Samarqand shahar markaziy istirohat bog‘ida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston-Finlandiya instituti talabalari orasida «Yosh kitobxon» tadbirlari, «Zakovat» intellektual o‘yini hamda sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.

Shuningdek, bu kabi tadbirlar Toyloq va Ishtixon tumanlari axborot-kutubxona markazlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Toyloq tumanining faol ijodkorlari, kitobsevarlar ishtirok etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tadbirkorlar hamda Milliy kutubxona direktori U.Teshaboyeva tuman axborot kutubxona markaziga kitoblar hamda uning moddiy texnik bazasini boyitish maqsadida 100 000 000 so‘mlik vaucher taqdim etildi.