Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mamlakatimizda eng faol hokimiyat saytlaridan biri Samarqand viloyati hokimligi sayti deb topildi

Oldingi xabarimizda 15-20 aprel kunlari Toshkent shahrida "O‘zbekiston mustaqil bosma va elektron ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi" tomonidan "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yo‘li" Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni OAV orqali jamoatchilikka samarali yetkazish masalalari" mavzusida respublika anjumani va seminarlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu seminarda hududlardagi turli hokimiyatlar saytlarining monitoring natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra Samarqand viloyati hokimining turdimov.uz , viloyat hokimiyatining samarkand.uz saytlari eng yaxshi faoliyat olib borayotgan saytlar deb e’tirof etildi. 

Shuningdek, ushbu seminarda viloyat hokimiyatlarining rasmiy saytlariga xabarlarni qo‘yishda bir xillikdan qochish, faqat hokimiyatlarga aloqador bo‘lgan xabarlarni joylashtirish bilan cheklanmay boshqa turli qiziqarli va muhim xabarlarni qo‘yib borish kerakligi uqtirildi. Bu masalada ham Samarqanddagi saytlar boshqa viloyatlarlardagi saytlar uchun o‘rnak bo‘la oladi.

Notiq Beruniy Alimov bugungi kunda ham hokimiyatlarga tegishli xo‘jako‘rsinga faoliyat yurgizayotgan va hatto uch-to‘rt kunda ham sahifasini bir marta yangilab qo‘ymayotgan saytlar hanuzgacha borligini aytib o‘tdi.