Milliy gvardiya jamoasi nogironlarni bayram bilan qutladi

Samarqand viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining 82139-harbiy qismi Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan savobli ishga qo‘l urdi.
Milliy gvardiya xodimlari Samarqand shahar Yuqori Xo‘ja Soat mahallasida istiqomat qiluvchi nogironlar xonadonida bo‘lib, ularning har biriga 1 qopdan un, shakar, makaron va 5 kilogramm yog‘ mahsulotlari tarqatdi.
- Bayram munosabati bilan meni yo‘qlab kelgan Milliy gvardiya xodimlariga ming rahmat, - dedi I guruh nogironi K.Yusupov. – Oramizda saxovatli kishilar yanada ko‘paysin, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Shuningdek, Milliy gvardiya jamoasi Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi 61-eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham bo‘lishdi. Ular maktab o‘quvchilariga 60 dona badiiy kitob taqdim etdi. Bolalar o‘z minnatdorchiligini badiiy chiqishlari orqali ifoda etdi.
Jahongir PO‘LATOV.