Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Nexia-3" yukxonasida o‘rnatilgan gaz ballon portladi. Qurbonlar bor

Kecha, 20 mart kuni soat 17:20 larda haydovchi 50 yoshli I.N. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli transport vositasida Buxoro shahar A-380 avtomobil yo‘lining 222-kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida avtomobil yukxonasida bo‘lgan gaz ballon portlagan.

Portlash oqibatida avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 50 yoshli L.S., hodisa joyida, 24 yoshli A.U. va voyaga yetmagan 3 yoshli A.G‘.lar ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda portlash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.