Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nihoyat Tramp va Putin uchrashishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Yaponiyada o‘z ishini boshlagan "katta yigirmatalik" G20 sammiti doirasida, uchrashishdi va qisqa muddatga o‘zaro suhbatlashishdi.

Hodisa G20 ga a’zo mamlakat rahbarlarining an’anaviy rasm tushish marosimi arafasida ro‘y bergan.

Ularning suhbati nima haqda bo‘lgan, hozircha bu aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sammit doirasida Putin va Tramp o‘rtasidagi bafurja uchrashuv belgilangan va u endi bo‘lib o‘tadi.