Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nima masalangiz bor? Sizni Oliy sud raisi o‘rinbosari eshitadi

Jomboy tumanidagi Xalq qabulxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov hamda Oliy sud sudyalari – Zafarjon Fayziyev, Jamshid Tirkashev tomonidan aholi uchun sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan kelgan aholi ishtirok etmoqda. Shuningdek, viloyatimizdagi sudlar raislari va sudyalari ham fuqarolarning murojaatlarini eshitib, ularga huquqiy maslahat va tavsiyalar beryapti.

Sayyor qabul kunning ikkinchi yarmida Samarqand tumani Xalq qabulxonasida davom etadi.

Baxtiyor MUSTANOV.