Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumani ham “yashil” toifadagi hududga kiritildi

Nurobod tumanida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmaganligi bois, tuman  “yashil” toifadagi hududga kiritildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman miqiyosida karantin davri boshlangandan buyon jami 374 kishi tibbiy kuzatuvga olingan bo‘lib, shundan 347 nafar fuqarolar karantin  muddati tugaganligi sababli kuzatuvdan chiqarilgan.

Hozirgi kunga kelib jami 27 nafar fuqarolar kuzatuvda bo‘lib, 12 nafari tuman tibbiyot birlashmasida, 15 nafari esa uy sharoitida nazoratga olingan.

Shu paytgacha tuman bo‘yicha karantin qoidalarini buzgan 638 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tuman “Yashil” toifada bo‘lgani uchun park va istirohat bog‘lari faoliyatiga (attraksion va ko‘ngilochar ob’yektlar faoliyati bundan mustasno), avtotransportlarning stikersiz harakatiga, karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.