Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumanida bolalarga 5 o‘rinli emas, 31 o‘rinli tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar faoliyat yuritmoqda

Joriy yilning 11 oktyabr kuni @sizdantelegram kanalida “Butun boshli tumanda bolalar davolanadigan bo‘lim yo‘q” (Nurobod tumani nazarda tutilmoqda) nomli maqola e’lon qilindi.

Maqolada Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar bayon etilgan.

“...Tumandagi yagona tibbiy muassasada pediatriya bo‘limi noqonuniy ravishda qisqartirib yuborilgan. Muassasada bolalar uchun atigi 5 ta koyka ajratilgan. Lekin 20 dan ziyod bemor bola yotqiziladi. Viloyat markaziga borishga imkonsiz aholi bir hafta, o‘n kunlab joy bo‘shashini kutadi. Rahbariyatga qilingan murojaatlar samarasiz ketmoqda. Prezident hokimlar ijtimoiy soha bilan shug‘ullansin, deydi. Lekin hokimlarning bu masala bilan ishi yo‘q”, deyiladi maqolada.

Yuqorida ko‘rsatilgan murojaat bo‘yicha joyiga borib o‘rganilganda, asl holat umuman boshqa ekanligi ayon bo‘ldi.

Ya’ni, O‘zbekiston Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 2015 yilga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2015 yil 21 apreldagi «Markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining koykalar fondini aniqlashning normativ metodiga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risida» qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida o‘rinlar soni rejasining bajarilish ko‘rsatkichlariga asosan qisqartirilgan.

Bugungi kunda tuman tibbiyot birlashmasida 20 o‘rinli bolalar bo‘limi, bolalarga shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida 6 o‘rin, Nurobod Janubiy kon boshqarmasining 4- tibbiy sanitariya qismida 5 o‘rinli, tumanda jami 31 o‘rinli bolalar bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.