Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘g‘lini 5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Denov tumanida joriy yil 21 yanvar kuni soat 18:00 da ichki ishlar xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi, 27 yoshni qarshilagan X.S. qaramog‘idagi 2 yoshu 7 oylik o‘g‘lini tumanning «Bahoriston» mahallasi hududida joylashgan oshxonalarning birida 5 million so‘mga sotayotgan vaqtida, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Xabarda aytilishicha, X.S. ismli ayol pullarni olganidan keyin, kelajakda farzandini umuman izlamasligini, unga farzandi kerak emasligini takror va takror ta’kidlagan. IIV xodimlarining xulosasiga ko‘ra, “X.S. bilan suhbatlashilganda, uning na so‘zida, na yuz-ko‘zida afsuslanish alomatlaridan asar ham yo‘q”.

X.S.ga nisbatan 2020 yil 3 fevral kuni Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.