Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbek filmlari Hindistonda e’tirof etildi

Hindistonning Kolkata shahrida bo‘lib o‘tgan 32-xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston nomidan taqdim etilgan rejissyor Umid Hamdamovning "Issiq non" va rejissyor Sarvar Karimovning "Sarviqomat dilbarim" filmlari namoyish etildi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” xabar berdi.

“Ikkala kinoijodkorni ham ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz”, deyiladi agentlik xabarida.