Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbek milliarderi Moskvada migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi

Fattox Shodiyev xalqaro fondi va Rus pravoslav cherkovi moliyaviy ko‘magi yordamida Moskva shahrida migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tibbiy klinika migrantlarga yordam ko‘rsatuvchi markaz hisoblangan "Ryadom dom" (“Uy yoningda”) va “Avliyo Aleksiy” markaziy klinik shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan.

Bu yerda muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yo‘q shaxslarga yordam ko‘rsatiladi. Bemorlardan faqat pasport talab etiladi, xolos.
Klinika xodimining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtoj migrantlar ish kunlari soat 08:30 dan 16:30 ga qadar 7 (495) 952-11-41 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.