Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bayram chegirmalarini e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 dekabr – 2020 yilning 2 yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etadi.

Mazkur chegirmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur chegirmalar nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun  50 %ni, Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 15 %ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona, nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda), jamoaga (hamkasablarga, 4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) chegirmalar 15 % etib belgilangan.

«Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarda barcha toifadagi yo‘lovchilarga 10 % chegirma beriladi.